1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘g‘lining qotiliga aylangan ota 10 yilga qamaldi

U mast holda o‘g‘lini pichoqlab qo‘ygan.

O‘g‘lining qotiliga aylangan ota 10 yilga qamaldi

 


60 yoshli Ulug‘bek muqaddam sodir qilgan jinoyatlari uchun bir necha bor sudning qora kursisiga o‘tirib, jazo o‘tagan. Qamoqxonadan chiqqach, o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarish o‘rniga spirtli ichimliklarga ruju qo‘yadi. Mastlikdagi “hurmacha qiliqlar”i sabab qo‘shnilari va hatto, o‘z farzandlari ham undan uzoqlashadi.

 

Kundalik janjallardan bezigan kichik o‘g‘il alohida uyga chiqib ketadi. Bebosh otaning harxashasini ko‘tarish katta o‘g‘ilga qoladi.

 

Joriy yilning 8 may kuni kichik o‘g‘ilga akasi qo‘ng‘iroq qilib, otasi yana ichib janjal qilayotgani, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bilan ham tinchlantira olmayotganini aytib, yordam so‘raydi. Ukasi zudlik bilan yetib keladi. Aka-uka bir amallab mast otasini uyiga kirgizib, yotqizishadi.

 

Aka ukasiga o‘zi bilan kelgan do‘stining mashinasida kutib turishini aytib, otasining uxlaganiga ishonch hosil qilish uchun uyga kiradi. O‘g‘illarining bu harakatini haqorat deb qabul qilgan ota ichkilik taʼsirida oshxona pichog‘i bilan o‘g‘lining ko‘ksiga sanchiydi. Yetkazilgan og‘ir jarohat tufayli o‘g‘il Tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida vafot etadi.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bog‘ot tuman sudi qotil otaga 10 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.

 

Avvalroq Qashqadaryoda erkak o‘z o‘g‘lini o‘ldirib qo‘ygani haqida xabar berilgandi.

 

Munojat Valiyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика