Bugun, 6-may kuni soat 12:00 da Toʻraqoʻrgʻon tumanida yashovchi fuqaro Namangan Davlat pedagogika instituti binosi oldida oilaviy kelishmovchilik sababli oʻzining turmush oʻrtogʻi bilan janjallashib, uni pichoq bilan urib, oʻlimiga sababchi boʻlgan tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumon qilinuvchi protsessual tartibda ushlangan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


