1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

IIB xodimi IIV gospitalida vafot etdi

Marhumning yaqinlari shifokorlarni ayblamoqda.

IIB xodimi IIV gospitalida vafot etdi

2023 yilning 25 dekabr kunpi ichki ishlar vazirligi gospitalida IIB xodimi vafot etdi. Maʼlumotlarga ko‘ra, oyog‘i operatsiya qilingan kapitan Shuhrat Rustamov kutilmaganda sog‘ligi yomonlashib, jonlantirish bo‘limida vafot etgan. U Toshkent viloyati Toshkent tumani IIBda shtab boshlig‘i lavozimida ishlagan.

 

Marhumning yaqinlariga ko‘ra, u o‘limidan bir kun oldin gospital tomonidan go‘yoki o‘ziga qilingan, ammo aslida qilinmagan dori-darmonlar ro‘yxatiga imzo qo‘yish masalasida shifokor bilan tortishib qolgan.

 

Shuhrat Rustamovning dadasi Ravshan Rustamovning aytishicha, shifokorlar o‘g‘liga aslida qilinmagan dori-darmonlar ro‘yxatiga imzo qo‘ydirib olishga harakat qilishgan.

 

“Vafotidan bir kun oldin kechqurun videoaloqa orqali suhbatlashdik. O‘g‘lim hamshira bir varaq dorilar ro‘yxatini olib kelib, imzo qo‘yishni so‘raganini, u imzo qo‘ymaganligini, sababi mazkur dorilarni o‘z puliga ko‘chadan sotib olib kelganini aytdi. Keyin shu imzo masalasida shifokor bilan ham tortishgan. Yaʼni tibbiyot xodimlari aslida gospital hisobidan qilinmagan dorilar ro‘yxatini yozib, go‘yoki muoalaja paytida ushbu dorilar ishlatilganligi haqida o‘g‘limga imzo qo‘ydirib olmoqchi bo‘lishgan.

 

Bundan tashqari, o‘g‘limning tobi qochganida hamshira kelib, joyiga yotqizib, yuziga suv sepgan xolos. Suv bilan ham birinchi tibbiy yordam ko‘rsatiladimi? Shuhrat boquvchi bolam edi, ikki farzandi yetim qoldi”, deya taʼkidlaydi Ravshan Rustamov.

 

Marhumning yaqinlari maʼlum qilishicha, o‘lim holati yuzasidan Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Olmazor tumani FHDYO bo‘limidan berilgan maʼlumotnomada Shuhrat Rustamovning o‘limiga o‘pka emboliyasi sabab bo‘lgani qayd etilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика