1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

IIO xodimlari maʼruza o‘qigan bog‘cha masʼullariga intizomiy chora ko‘rildi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

IIO xodimlari maʼruza o‘qigan bog‘cha masʼullariga intizomiy chora ko‘rildi

 

Toshkentda IIO xodimlari bolalarga «oq bilan qorani ajrata olish» haqida gapirib, maʼruza o‘qigan bog‘cha mudirasi va uslubchisiga intizomiy chora qo‘llanildi. Maktabgacha taʼlim agentligiga ko‘ra, bolalar bilan mashg‘ulotlar maydonchada o‘tkazilmay, guruhda tashkil etilgani noto‘g‘ri bo‘lgan.

 

Ichki ishlar organlari xodimlari kichik yoshdagi bolalarga «oq bilan qorani ajrata olish» haqida maʼruza qilgan Toshkentdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti uslubchisi va mudirasi intizomiy jazoga tortildi. Bu haqda 31 iyul kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi rahbariyati ishtirokida AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

 

Maktabgacha taʼlim agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Farrux Boboyev aslida bolalar bilan mashg‘ulotlar maxsus maydonchada o‘tkazilishi belgilanganini taʼkidladi. Ammo uchrashuv noto‘g‘ri tashkil etilib, guruhda o‘tkazilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика