1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ilm-fan

IIV Akademiyasi kursanti MDH davlatlari orasida o‘tkazilgan xalqaro tanlovda g‘alaba qozondi

Tanlov ikki bosqichda o‘tkazilgan.

IIV Akademiyasi kursanti MDH davlatlari orasida o‘tkazilgan xalqaro tanlovda g‘alaba qozondi

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursanti Samir Muxtorov MDH davlatlari ichki ishlar tizimidagi taʼlim muassasalari kursantlarining «Jinoyat qidiruv bo‘linmalari faoliyati» bo‘yicha eng yaxshi ilmiy-tadqiqot ishlarini tanlash uchun o‘tkaziladigan xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi.

 

Tanlov ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchisida referat tayyorlanishi, ikkinchi bosqichda esa kursantlar tomonidasn yozilgan ishlar 5-7 daqiqaga mo‘ljallangan vaqt ichida taqdimot ko‘rinishida mavzuning dolzarbligi ochib berilishi kerak. 

 

Maʼruzali chiqishi va savollarga javob berish davomida o‘zbekistonlik kursant barcha vazifalarni uddalab, yuqori ko‘rsatgichlarni qayd etgan holda xalqaro tanlovda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика