1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

IIV xodimining jasadi Chirchiq daryosiga tashlab ketildi

Tergovga aralashish va to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.

IIV xodimining jasadi Chirchiq daryosiga tashlab ketildi

 

2022 yil 29 sentabr kuni Ichki ishlar vazirligida boshqarma tezkor vakili lavozimida ishlagan xodim o‘zaro kelishmovchilik oqibatida ikki nafar shaxs tomonidan qasddan o‘ldirilib, jasadi Chirchiq daryosiga tashlab yuborilgan.

 

Gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

O‘tkazilgan qidiruv harakatlari davomida jabrlanuvchining murdasi daryodan topilgan.

 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика