1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Ijaraga olingan eng qimmat futbolchilardan iborat jamoa

Ular orasida kimlar bo'lishi mumkin?

Ijaraga olingan eng qimmat futbolchilardan iborat jamoa

 

Transfermarkt portali joriy mavsumda ijara asosida o'ynagan eng qimmat futbolchilardan tashkil topgan terma jamoani taqdim etdi. Xo'sh, jamoada kimlar bor?

Darvozabon - Raya (35 million yevro). Devid "Brentford"dan "Arsenal"ga ijaraga o'tgan.

 

Chap qanot himoyachisi - Matsen (20 million yevro). “Borussiya” Yanni “Chelsi”dan olgandi.

Markaziy himoyachi - Bella-Kotchap (18 million yevro) "PSV" Armelni “Sautgempton”dan ijaraga olgan.

Markaziy himoyachi - Xarvud-Bellis (22 million yevro). Teylor "Man Siti"dan ijara asosida "Sautgempton"ga o'tgandi.

O'ng qanot himoyachisi - Kanselo (40 million yevro). "Manchester Siti" Joauni yana ijaraga berdi. Hozir u "Barselona"da. 

Markaziy yarim himoyachi - Amrabat (28 million yevro). "Manchester Yunayted" Sofyanni "Fiorentina"dan o'z safiga qo'shib olgan.

Markaziy yarim himoyachi - Frattesi (30 million yevro). "Inter" Davidega o'zini yuqori saviyada ko'rsatish imkoniyatini berdi. Futbolchi "Sassuolo"ga tegishli.

Chap yarim himoyachi - Feliks (40 million). "Barselona" "Atletiko Madrid"ning eng qimmat futbolchisi faoliyatini qaytadan boshlashga yordam bermoqda.

O'ng yarim himoyachi - Simons (70 million yevro). "RB Leypsig" "PSJ" futbolchisini rivojlantirmoqda.


Hujumchi - Lukaku (35 million yevro). Romelu "Roma"da o'ynamoqda. U "Chelsi"ga tegishli.

Hujumchi - Ramush (50 million yevro). "PSJ" Gonkalo jamoaga mos keladimi yoki yo'qligini tekshirmoqda. U hozir "Benfika"da to'p tepmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика