Alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5-19 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar respublika bo‘yicha 53 ta oliy taʼlim muassasasida o‘tkaziladi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti ва manzili ko‘rsatilgan ruxsatnoma abituriyentning shaxsiy kabinetida (my.uzbmb.uz saytida) eʼlon qilindi.
Abituriyentlardan shaxsiy kabineti orqali kasbiy (ijodiy) imtihon ruxsatnomasini yuklab olishi ва imtihon o‘tkaziladigan joyga belgilangan vaqtdan bir soat oldin yetib бориш so‘ralgan.


