1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev UzAuto Motors‘ning monopoliyasi tugatilishini ham maʼlum qildi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etiladi

 

Agentlik qashshoqlikni qisqartirish, aholi salomatligi, taʼlim va boshqa ijtimoiy muammolar bilan bog‘liq masalalar bilan shug‘ullanadi.

Shu bilan birga, agentlik xodimlarining kamida 10 foizi nogironligi bo‘lgan shaxslar orasidan ishga qabul qilinadi.

 

"Ijtimoiy himoyaga yo‘naltirilayotgan barcha mablag‘lar agentlik huzurida tashkil etilgan alohida jamg‘arma orqali yo‘naltiriladi va uning xarajatlari shaffof bo‘ladi", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Xususan, kelgusida O‘zbekistonda 4 ta nufuzli xorijiy kompaniyaning loyihalari ishga tushirilib, avtomobilsozlik sohasida haqiqiy raqobat paydo bo‘ladi va ishlab chiqarish hajmi yillik 1 million donaga yetkaziladi (hozir 350 ming). Shuningdek, elektromobil ishlab chiqarish yiliga 300 mingtaga yetkaziladi.

 

«Umuman, sanoatda qo‘shilgan qiymat hajmi 20 milliard dollardan 45 milliard dollarga yetkaziladi. Yuqori qo‘shilgan qiymatli, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi va unga 1 milliard dollar ajratiladi», – deydi amaldagi Prezident.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика