1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ikki dona qadimiy bilakuzukni yashirincha olib chiqishga uringan shaxs ushlandi

Holat Xorazm viloyatida yuz bergan.

Ikki dona qadimiy bilakuzukni yashirincha olib chiqishga uringan shaxs ushlandi

 

“Shovot” chegara bojxona postida xodimlar ikki dona qadimiy bilaguzukni yashirincha olib chiqishga uringan yo‘lovchini to‘xtatib qoldi.

 

Qayd etilishicha, “Shovot” chegara bojxona posti orqali “yashil” yo‘lak orqali harakatlangan ushbu yo‘lovchi 520 grammdan ziyod og‘irlikdagi bilaguzuklarni qo‘l yuki orasida olib chiqishga uringan.

 

Sanʼatshunoslik ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, nikel, mis, qalay va kumush aralashmasidan qo‘ldan ishlangan ushbu bilaguzuklar XX asr boshlariga mansub bo‘lib, tarixiy-badiiy qiymatga ega madaniy boylik hisoblanadi.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shovot tuman sudining qaroriga asosan qadimiy ashyolar davlat egaligiga o‘tkazilgan va Xiva Ichanqalʼa davlat muzey qo‘riqxonasiga topshirilgan.

 

“Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi qonun hamda “Madaniy boyliklarni olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi nizom talablariga muvofiq 50 yil muqaddam va undan ham oldin yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekiston hududidan olib chiqish mumkin emas.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика