Britaniyalik 29 yoshli Shantel Broughton shu yilning aprel oyida egizaklar - o'g'li Aion va qizi Azirani dunyoga keltirdi. Bolalarning o'ziga xosligi shundaki, ularning ranglari har xil.
O'g'il bolaning ko'zlari yashil va terisi oq, qizchaning ko'zlari jigarrang va terisining rangi qora. Genetika bo'yicha mutaxassislar bu kabi holat milliontadan bittada bo'lishini hisoblab chiqishgan.
Ayolning onasi tomonidan bobosi nigeriyalik, bolalarning otasi esa shotlandiyalik.
Ayolning aytishicha, egizaklar tug‘ilganda bir xil ko‘rinishga ega bo‘lgan, biroq ular o‘sib-ulg‘aygani sari ranglari o'zgarib bormoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq iroqlik ayol 7 nafar chaqaloqni dunyoga keltirgan edi.


