1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ikkinchi farzand uchun suyunchi puli faqat kam ta’minlangan oilalarga beriladi — Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Hozirgi kunga suyunchi puli mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 70,3 foiziga teng bo‘lib, bu 890 ming so‘mni tashkil etadi.

Ikkinchi farzand uchun suyunchi puli faqat kam ta’minlangan oilalarga beriladi — Iqtisodiyot va moliya vazirligi

 

 

O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qilishicha, ikkinchi farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa (suyunchi puli) faqat kam ta’minlangan va ijtimoiy himoya reyestriga kirgan oilalarga to‘lanishda davom etadi.

 

Vazirlik departament direktori Sherzod Muhamedovning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy himoya agentligi birinchi farzand uchun to‘liq suyunchi puli to‘laydi, ikkinchi farzand uchun esa faqat kam ta’minlangan oilalar nafaqa oladi. Bu tartibni o‘zgartirish bo‘yicha hozircha rejalar yoki ishlanmalar mavjud emas.

 

Hozirgi kunga suyunchi puli mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 70,3 foiziga teng bo‘lib, bu 890 ming so‘mni tashkil etadi. Uchinchi va undan keyingi farzandlar uchun bir martalik nafaqa to‘lanmaydi.

 

Ma’lumot uchun, 2024-yilda suyunchi puli uchun jami 382,4 milliard so‘m, 2025-yilda 275 milliard so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2026-yilda bu miqdor 229,8 milliard so‘mga kamaytirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика