1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

“Ikkinchi farzandimni ham yo‘qotishni istamayman”- to‘shakka mixlanib qolgan bolakay yaxshilar ko‘magiga muhtoj

Tez-tez kasal bo‘ladigan bola har qanday onani juda og‘ir ahvolga solib qo‘yadi.

“Ikkinchi farzandimni ham yo‘qotishni istamayman”- to‘shakka mixlanib qolgan bolakay yaxshilar ko‘magiga muhtoj

 

Shifokor qabuliga tinimsiz qatnashl, yaxshi shifokor izlash, tahlillar, dori-darmonlar, kasallik taʼtiliga chiqish va haftalar davomida to‘rt devor ichida qamalib qolish azoblari... Bularni tasavvur etishning o‘zi og‘ir.

 

Kattaqo‘rg‘onlik Oybahor Davronova salkam 6 yildan beri kichik farzandining xastaligiga davo izlab, tunni tongga, tongni tunga ulaydi. Yagona o‘tinchi - bu farzandini ham tuproqqa qo‘ymaslik.

 

“O‘g‘lim sog‘lom tug‘ilgan. Bora-bora bir yoshga yaqinlashgach, rangi oqarib, tez-tez holsizlana boshladi. Shifokor ko‘rigiga olib bordik. Ular Shahriyorga kamqonlik tashhisini qo‘yishdi. Go‘dakligida haftasiga bir marta donor topib, qon quydirardik. Endi haftada ikka marta quydiramiz. Buning uchun ham anchagina pul ketadi.

 

Bu ham yetmagandek, dard ustiga dard qo‘shildi. Talog‘ida kattalashgachdi, operatsiya qilib, uni oldirdik. Shundan so‘ng jigari, buyragi, o‘t qopida o‘zgarishlar paydo bo‘ldi. Shifokorlar zudlik bilan ilik ko‘chirish operatsiyasi o‘tkazilishi kerakligini aytishdi. Buning uchun juda katta mablag‘ zarur ekan. Ammo biz 100 ming dollarni qayerdan topamiz? Birinchi farzandim ham shu kasallikdan vafot etgandi. Ikkinchi farzandimni ham yo‘qotishni xohlamayman, — deydi onasi.

 

Shahriyorning otasi ayni vaqtda dori-darmonlar uchun pul topish ilinjida xorijda ishlaydi. Bolakayning sog‘ayib ketishi uchun oila yashab turgan uy sotuvga qo‘yishgan. Bu oila aʼzolari yaxshilar ko‘magiga muhtoj. Ko‘pning oz-ozdan bergani esa uni bu darddan qutqaradi, degan umidimiz bor. Zero, “Ehsonning mukofoti faqat ehsondir.”

Yazdonov Shahriyorga oid maʼlumotlar:

Uzkard: 8600 0423 0233 8487 onasi Oybahor Davronova nomida

Sberbank: 4276 5500 8140 7747 otasi Kamol Erdonov nomida

Telefon: +998933547511 (onasi)

Bahriniso MADUMAROVA

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика