Respublikadagi davlat oliy taʼlim muassasalariga ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot bo‘yicha o‘qitishga nomzodlardan arizalar Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining ikkinchitalim.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.
Bunda nomzodlar platformada:
— o‘zining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
— diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
— hamda o‘qish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yo‘nalishini tanlaydi.
Bunda, xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.
Arizalar 10-avgustga qadar qabul qilinadi.


