1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ikkita viloyatning aviareyslari majburiy kechiktirildi

“Uzbekistan Airways” buning sababini ma’lum qildi.

Ikkita viloyatning aviareyslari majburiy kechiktirildi

 

Bugun, 27-noyabr kuni Farg‘ona va Namangan xalqaro aeroportlarining noqulay ob-havo sharoiti (tuman, ko‘rishning yetarli darajada emasligi) tufayli Uzbekistan Airways’ning Toshkent–Namangan, Namangan–Perm, Toshkent–Farg‘ona, Farg‘ona–Dubay qatnovlari majburiy kechiktirilmoqda. 

 

Texnik sabablarga ko‘ra, Toshkent–Istanbul reysi tez orada o‘z yo‘nalishi bo‘yicha jo‘nab ketadi. Istanbul–Toshkent reysi ham kechikish bilan amalga oshiriladi.

 

Perm–Namangan, Dubay–Farg‘ona va Farg‘ona–Toshkent reyslari ham kechikib amalga oshiriladi.


“Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz”, — deyiladi “Uzbekistan Airways” AJ xabarida.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика