1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ilhom Aliyev Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston bosh vaziri Ozarbayjon prezidenti bilan uchrashdi.

Ilhom Aliyev Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qildi

 

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 19-iyul kuni Bokuda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasini qabul qildi.

 

Suhbat avvalida O‘zbekiston Bosh vaziri Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevga Shavkat Mirziyoyevning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

O‘z navbatida, Ozarbayjon rahbari mamlakat yetakchisini va butun xalqni prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan yana bir bor tabriklab, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

 

Shuningdek, O‘zbekiston bosh vaziri mamlakatda bo‘lib o‘tgan saylovdan so‘ng Shavkat Mirziyoyevni birinchi bo‘lib prezident Ilhom Aliyev tabriklaganini bildirib, bu davlat rahbarlari va mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik va qardoshlik namunasi ekanini taʼkidladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика