Armaniston Xavfsizlik Kengashi kotibi Armen Grigoryan Bosh vazir Nikol Pashinyan va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning Granadadagi uchrashuvini tayyorlash uchun Bryusselga amaliy tashrif bilan boradi.
26 sentyabr kuni Bryusselda Grigoryan Fransiya prezidenti maslahatchilari, Germaniya kansleri, Yevropa kengashi rahbari va Ozarbayjon prezidenti yordamchisi Hikmet Hajiyev bilan yetakchilar uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rishi rejalashtirilgan.
5 oktyabr kuni Granadada Armaniston bosh vaziri, Ozarbayjon yetakchisi, Fransiya prezidenti, Germaniya kansleri va Yevropa kengashi rahbari ishtirokida besh tomonlama yig‘ilish o‘tkaziladi.
17 sentyabr kuni Pashinyan jurnalistlarga Granadadagi uchrashuvda Ozarbayjon bilan tinchlik shartnomasi imzolanmasligini aytgandi.


