Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Qorabog‘ markazi — Boku Xonkendi deb ataydigan Stepanakertda davlat bayrog‘ini ko‘tardi.

Prezident nutq ham so‘zladi, deya qo‘shimcha qildi Ozarbayjon rahbari idorasi. Tadbirning boshqa tafsilotlari keltirilmagan. Qorabog‘ hududi bo‘ylab safari chog‘ida Aliyev avvalroq Agder (armancha nomi Martakert) shahri va Sarsang suv ombori hududida Ozarbayjon bayrog‘ini ko‘targan edi.

Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon 19-20 sentyabr kunlari asosan etnik armanlar istiqomat qiladigan Qorabog‘da, Boku maʼlum qilganidek, «konstitutsiyaviy tuzumni tiklash» maqsadida harbiy amaliyot o‘tkazdi. Harbiy harakatlar natijasida Ozarbayjon ushbu bahsli hudud ustidan nazorat o‘rnatdi. 28 sentyabr kuni Qorabog‘ “rahbari” 2024 yil 1 yanvardan boshlab tan olinmagan respublikaning mavjudligini tugatish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Ikki hafta ichida deyarli butun arman aholisi - 100 mingdan ortiq kishi Qorabog‘ni tark etdi. 5 oktyabr kuni Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Qorabog‘ni Ozarbayjon hududi sifatida tan olish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi.




