1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ilhom Aliyev Rossiyani Ukrainadagi Ozarbayjon elchixonasiga qasddan hujum qilganlikda aybladi

Aliyev bu holatni Ozarbayjon diplomatik vakolatxonalariga qarshi maqsadli hujum deb baholamoqda.

Ilhom Aliyev Rossiyani Ukrainadagi Ozarbayjon elchixonasiga qasddan hujum qilganlikda aybladi

 

 


Ilhom Aliyev Rossiyani Ukraina hududidagi Ozarbayjon diplomatik obyektlariga qasddan zarba berganlikda aybladi. Bu haqda u Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qildi.

 

Aliyevning ta’kidlashicha, Ukrainadagi Ozarbayjon elchixonasi uch marta hujumga uchragan. Uning aytishicha, birinchi zarbadan keyin bu tasodif deb o‘ylangan, ammo diplomatik obyektlarning aniq koordinatalari Rossiya tomoniga taqdim etilganiga qaramay, yana ikki bor hujum sodir etilgan.

 

Prezident bu holatni Ozarbayjon diplomatik vakolatxonalariga qarshi maqsadli hujum deb baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva tomoniga rasmiy nota yuborilgan va Rossiya elchisi Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan. Aliyev Rossiya harakatlarini “nodo‘stona qadam” deb atadi.

 

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi esa bu ayblovlardan “hayratda” ekanini bildirdi. Vazirlik zarbalarni rejalashtirishda diplomatik obyektlarning joylashuvi hisobga olinishi va tinch aholiga zarar yetkazmaslik uchun barcha ma’lumotlar tekshirilishini ta’kidladi. Shuningdek, elchixonaga yetgan zarar Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimi noto‘g‘ri ishlashi oqibatida yuzaga kelganini da’vo qildi.

 

Mazkur bayonotlar Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgan bir paytda yangramoqda. Xususan, 2024-yil dekabr oyida Ozarbayjon samolyoti halokati va 2025-yilda Yekaterinburgda ozarbayjonliklarga qarshi o‘tkazilgan reyddan so‘ng ikki davlat o‘rtasidagi ziddiyat kuchaygan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика