"NBC Universal"ning sobiq savdo direktori Linda Yakkarino Twitter’ning yangi bosh direktori bo‘ldi. Bu haqda Ilon Mask ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lum qildi.
"Men Linda Yakkarinoni Twitter'ning yangi bosh direktori sifatida kutib olganimdan xursandman", — deb yozdi Mask.
Kompaniya egasining ta'kidlashicha, dastlabki bosqichlarda Yakkarino biznes operatsiyalariga e'tibor qaratsa, Maskning o'zi esa mahsulot dizayni va yangi texnologiyalar bilan shug'ullanadi.
Eslatib o‘tamiz, 11-may kuni Mask olti hafta ichida o‘z lavozimini tark etishini ma’lum qilgandi.


