Amerikalik tadbirkor va milliarder Ilon Mask Jeffri Epshteyn ishi doirasida muhim bayonot bilan chiqdi. U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Epshteynning ehtimoliy mijozlari ro‘yxati bo‘yicha sudda ko‘rsatma berishga rozi bo‘lgan shaxslarning yuridik himoyasi uchun moliyaviy yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Maskning ta’kidlashicha, agar kimdir ushbu ish yuzasidan haqiqatni aytgani sababli sud jarayonlariga tortilsa, ularning advokat xarajatlarini qoplashini bildirdi. Uning qayd etishicha, bunday qaror haqiqatni oshkor qilishdan cho‘chiyotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Shu bilan birga, tadbirkor Epshteynning ehtimoliy mijozlari ro‘yxati nima sababdan avvalroq AQSh Kongressiga taqdim etilmagani masalasida ham savollar mavjudligini bildirgan.
Ma’lumki, moliyachi Jeffri Epshteyn bilan bog‘liq jinoyat ishlari xalqaro miqyosda katta rezonans uyg‘otgan. U voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoyatlar bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud jarayonlarida ayblangan. 2019-yilda u AQShda hibsga olingan va o‘sha yil avgust oyida qamoqda vafot etgan.
Mutaxassislar fikricha, ushbu ish bilan bog‘liq ma’lumotlar va ehtimoliy guvohliklar hali ham xalqaro miqyosda jamoatchilik e’tiborida qolmoqda. Maskning bayonoti esa ushbu ish atrofidagi muhokamalarni yana kuchaytirishi mumkin.


