“O‘zbekkosmos” agentligi 2028 yilda Xalqaro astronavtika kongressini Samarqandda o‘tkazishni taklif etdi.
Mazkur tadbir yirik xalqaro forum bo‘lib, unda har yili 10 mingga yaqin kosmik soha mutaxassislari va kompaniyalar ishtirok etadi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, rejalashtirilayotgan xalqaro astronavtika kongressiga Ilon Maskning tashrifi ham kutilmoqda. Chunki Mask bu anjumanlarda ilgari ham maxsus vakil sifatida ishtirok etgan.
Ushbu nufuzli tadbirni O‘zbekistonda o‘tkazish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Xalqaro astronavtika federatsiyasi ijrochi direktori Kristian Fayxtinger Samarqand va Toshkent shahrida tekshiruv – kuzatuv ishlarini olib borib, kongressni qabul qilishga tayyorlik darajasi, moddiy-texnik baza, transport va mehmonxona infratuzilmasi, xavfsizlik, ijtimoiy tadbirlarni tashkil etish hududlari bilan yaqindan tanishdi, vazirlik va idoralar masʼullari bilan uchrashuvlar o‘tkazgan.


