1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Ilon Mask Twitter‘ga cheklov qo‘ydi

Tasdiqlangan foydalanuvchilar kuniga vaqtincha 10 000 tvitgacha, tasdiqlanmagan foydalanuvchilar esa 1 000 tagacha tvit o‘qishi mumkin.

Ilon Mask Twitter‘ga cheklov qo‘ydi

 

Twitter mikrobloglar xizmati foydalanuvchilarga o‘qish uchun taqdim etiladigan postlar soniga vaqtincha cheklovlar joriy qiladi. Twitter egasi Ilon Maskning 2 iyul, yakshanbaga o‘tar kechasi tushuntirishicha, tasdiqlangan akkauntga ega foydalanuvchilar maʼlum vaqt davomida kuniga 10 000 tagacha tvit o‘qishi mumkin bo‘ladi. Tasdiqlanmagan foydalanuvchilar uchun kuniga mavjud postlar soni 1000 tagacha cheklanadi. Tasdiqlanmagan akkauntga ega yangi foydalanuvchilar kuniga atigi 500 tagacha tvit o‘qiy oladi.

 

Biroz oldinroq, 1 iyul oqshomida Mask tasdiqlangan foydalanuvchilar uchun o‘qish mumkin bo‘lgan tvitlar soni kuniga 6000 tani, tasdiqlanmagan foydalanuvchilar uchun 600 tani va tasdiqlanmagan akkauntga ega yangi foydalanuvchilar uchun 300 tani tashkil etishini maʼlum qilgan edi.

 

Bunday vaqtincha cheklovlar "maʼlumotlar josusligi va tizimni manipulyatsiya qilishning ekstremal darajalariga" qarshi turish uchun kerak, dedi Mask qo‘shimcha tushuntirishlarsiz.

 

Twitter‘ni sotib olgandan so‘ng, Ilon Mask foydalanuvchining haqiqiyligini ko‘rsatadigan ko‘k belgini olish qoidalarini o‘zgartirdi. Endi u pulli obuna uchun ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar uchun paydo bo‘ladi. Ayni paytda, shaxs haqiqiyligini tekshirish yo‘q, faqat akkaunt bilan bog‘liq telefon raqami tasdiqlanadi, deya taʼkidlaydi tanqidchilar.

 

Ko‘pgina Twitter foydalanuvchilari o‘qish uchun mavjud tvitlar soniga cheklovlar joriy etilishi bilan bog‘liq yangilikka o‘ta salbiy munosabat bildirdi. Shu tariqa, servisning nemis tilida so‘zlashuvchi segmentida nomi “Tinch orom ol, Twitter” deb tarjima qilinishi mumkin bo‘lgan #RIPTwitter heshtegi keng tarqaldi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика