1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligi nishonlanadi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligi nishonlanadi

 

“Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori (102-son, 14.03.2025 y.) qabul qilindi.

 

Allomaning islom olamidagi obro‘-eʼtibori va nufuziga munosib tarzda yuqori saviyada nishonlash bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutadigan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi, jumladan:

  • 2025 yil aprel oyida Samarqand shahrida “Moturidiylik – bag‘rikenglik, moʻtadillik va maʼrifat taʼlimoti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazish;
  • xorijlik tadqiqotchilar o‘rtasida moturidiylik taʼlimoti bo‘yicha ilmiy tanlov o‘tkazish, g‘oliblar ishtirokida O‘zbekistonda madaniy-maʼrifiy uchrashuv va seminar-treninglar tashkil etish;
  • Imom Moturidiyning “Taʼvilot al-Qurʼon” va “Kitob at-tavhid” asarlari va moturidiylik taʼlimotiga oid manbalarning o‘zbek va xorijiy tillardagi ilmiy-izohli akademik tarjimalarini nashr etish.

 “Moturidiylik taʼlimoti va hozirgi zamon” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini hamda ilmiy maqolalar tanlovi o‘tkaziladi.

 

 O‘zbekiston musulmonlari idorasiga imom-xatiblar hamda diniy taʼlim muassasalari talabalari o‘rtasida “Moturidiylik taʼlimoti bilimdoni” tanlovini o‘tkazish va g‘oliblarni munosib taqdirlash tavsiya etildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика