Pokiston bosh vaziri Imron Xon G‘arb davlatlarini keskin tanqid qildi. Bu haqda The Times‘ga asoslanib “RIA Novosti” xabar berdi.
G‘arbning 22 davlati Islomoboddan Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini qoralashga qaratilgan BMT rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatlashni so‘rab murojaat qilgani tanqidga sabab bo‘lgan.
“Biz haqimizda qanday fikrdasiz? Biz sizga aytganini bajaradigan qulmizmi?”, – degan u.
Imron Xon Pokiston so‘nggi bor G‘arbni Afg‘onistonda qo‘llab-quvvatlaganini, shundan keyin mamlakatga norozilik va zo‘ravonlik to‘lqini kirib kelganini qo‘shimcha qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya samolyotlarining Britaniya osmonida uchishi jinoyat deb eʼlon qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi.


