Bugun, 29-mart kuni DTM matasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda “qoidabuzar” abiteriyentlarni imtihonda qatnashishini cheklash masalasi ko‘rib chiqilayotgani aytib o‘tilgan.
“Adliya vazirligi va Bosh prokuratura bilan abituriyentlarning imtihonda qatnashishini cheklash masalasi ko‘rilyapti. Bu borada xalqaro tajriba ham o‘rganilgan. Tartibni buzgan abituriyentlar 5-7 yilgacha umuman qabul imtihonida ishtirok etmasligi, agar OTMda o‘qisa, talabalikdan chetlashtirish masalasini normativ-huquqiy jihatdan qonuniylashtirish yo‘llarini ko‘rib chiqyapmiz”, deya ma’lumot bergan Majid Karimov.
Qayd etilishicha, abituriyentlar imtihonga kiritishda barmoq izi, facye-kontrol orqali tekshiriladi va shu orqali ular qattiq nazoratga olinadi.


