1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Infarkt va insult xavfini 4 yil oldin aniqlash imkoniyati yaratildi

Shuningdek, endi dorilarning inson organizmiga qanday ta’sir qilishini oldindan bilish mumkin.

Infarkt va insult xavfini 4 yil oldin aniqlash imkoniyati yaratildi

 

AQSHning “SomaLogic” kompaniyasi olimlari yurak xuruji va insult xavfini oldindan aniqlashning ikki barobar samarali usulini topdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi. 

 

Ma’lum qilinishicha, buning uchun qondagi oqsillar tarkibi o‘rganilan. Ya’ni maxsus apparat yordamida 22 ming nafardan ortiq bemorning plazmasi namunalarida 5000 ga yaqin oqsillar tahlil qilingan. 

 

Natijada ular orasidan infarkt, insult yoki yurak yetishmovchiligi ehtimolini ko‘satuvchi 27 ta oqsilni topishga muvaffaq bo‘lingan. 

 

Tadqiqotchilar fikricha, qon tahlilining yangi usuli insonlarda kelgusi to‘rt yil ichida yuqoridagi kasalliklarga chalinish xavfi darajasini ko‘rsatib beradi. 

 

Bundan tashqari, shifokorlar bemorga buyurilgan dori-darmonlar qanday ta’sir qilishi, davolanish rejimini o‘zgartirishga ehtiyoj bor yoki yo‘qligini ham mazkur metod yordamida aniqlashlari mumkin.

 

Olimlar xulosasiga ko‘ra, ushbu diagnostik imkoniyat bemorning yoshi, jinsi, kasallik tarixi, xolesterin darajasi va qon bosimi ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladigan yurak-qon tomir kasalliklari xavfini baholashning amaldagi tizimidan ikki baravar aniqroq natija beradi.

 

Hozir Qo‘shma Shtatlardagi qator tibbiyot muassasalarida yangi usuldan amaliyotda foydalanishga kirishildgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика