1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

InfinBank xakerlar hujumiga uchradi

3−5 sentabr kunlari bir guruh shaxslar InfinBank‘dan o‘zlarining jinoiy sheriklarining nomiga ochilgan Visa plastik kartalariga pul o‘tkazib, o‘zlashtirgan.

InfinBank xakerlar hujumiga uchradi

 

Bu xaqda bank matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

 

«Mablag‘larning bir qismi undirildi va qolgan qismini undirish harakatlari amalga oshirilmoqda», — deya maʼlum qildi bank matbuot xizmati.

 

Unga ko‘ra, nomaʼlum shaxslar xorijda joylashgan fiktiv merchant xizmatlaridan InfinBank‘da o‘zlarining jinoiy sheriklarining nomiga ochilgan Visa plastik kartalariga valyuta mablag‘larini o‘tkazishga uringan. Ular pullarni shu kunning o‘zida bankomat tizimlarida naqdlashtirish, boshqa banklarning mobil ilovalari, Humo va Uzcard tizimida ochilgan kartalar vositasida o‘zlashtirgan.

 

Hozirda jinoiy guruhning aʼzolari aniqlangan. Gumonlanuvchilar qo‘lga olingan. Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda surishtiruv va tergov harakatlari ketyapti.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика