1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi

Xalqaro Inson huquqlari kunida fidoyi mutaxassislar va tashkilotlar taqdirlandi.

“Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi

10 dekabr kuni poytaxtdagi Inson huquqlari uyida Xalqaro inson huquqlari kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining milliy va xalqaro hamkorlari, viloyatlardan kelgan kutubxona xodimlari hamda Jamoatchilik kengashi a’zolari ishtirok etdi.

 

Tadbirni Milliy markaz direktori, akademik Akmal Saidov ochib, 1948 yilda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilingani, 1950 yildan boshlab 10 dekabr BMT qaroriga muvofiq Xalqaro inson huquqlari kuni sifatida nishonlab kelinayotganini ta’kidladi. 2025 yilgi shior — “Inson huquqlari – kundalik hayotimizning ajralmas qismi”.

 

Shu munosabat bilan O‘zbekistonda 1–10 dekabr kunlari an’anaviy “Inson huquqlari” o‘n kunligi o‘tkazildi.

 

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fudzıi va EXHTning loyiha koordinatori Antti Karttunen ham so‘zga chiqib, inson huquqlarini rivojlantirish borasidagi hamkorlikni yuqori baholab, kelgusida ham qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

 

 

 

 

Mukofot sohiblari

 

Tadbir davomida inson huquqlarini himoya qilish, nodavlat tashkilotlardagi faoliyat, ta’lim va fan, targ‘ibot hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan bir guruh shaxslar va tashkilotlar “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

 

I. Amaliy ishlari uchun:

 

  • Hujamberdiyev Mamazair Ahmedovich – Andijon davlat tibbiyot instituti kafedra mudiri

 

  • Artikova Svetlana Baymirzayevna – Bosh prokuror o‘rinbosari

 

  • Abdusalomov Mirza-Ulug‘bek Elchievich – Konstitutsiyaviy sud raisi

 

  • Nurmatova Mukaram Ahmedovna – Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

 

  • Turdiyev Rustambek Abdunazarovich – Sirdaryo viloyati ekspert guruhi a’zosi

 

II. Nodavlat tashkilotlar faoliyati uchun:

 

  • Mingboyev Ubaydulla Qurbunovich – O‘zbekiston Sudyalari assotsiatsiyasi raisi

 

  • Teshabayeva Umida Alimjanovna – Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona direktori

 

  • Toshkent shahar “SHAROIT PLUS” nogironlar jamiyati birlashmasi

 

  • O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

 

III. Ta’lim va fanga qo‘shgan hissasi uchun:

 

  • Rustambaev Mirzayusup Hakimovich – Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i

 

  • Kutibayeva Elizaveta Duysenbayevna – Qoraqalpoq davlat universiteti professori

 

  • Toshev Bobokul Norkobilovich – Mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi maslahatgohi

 

  • Turg‘unov Ilhom Turg‘unovich – Milliy gvardiya markaziy devoni boshqarmasi boshlig‘i

 

 

 

 

IV. Targ‘ibotga qo‘shgan hissasi uchun:

 

  • Xudoyberdiyev Xushnud G‘ayratovich – O‘zA Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari

 

  • Ernazarov Erkin Madiyorovich – “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali bosh muharriri

 

  • “Klass” gazetasi

 

  • Eshmurodov Arslon Husanovich – “Odillik mezoni” jurnali bosh muharriri

 

V. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun:

 

  • Xabriyeva Taliya Yarullovna – Rossiya Federatsiyasi Qonunchilik instituti direktori

 

  • Azamat Shambilov – “Centre for Development and Justice International” (CDJI) rahbari

 

  • Changrok Soh – BMT Inson huquqlari qo‘mitasi raisi

 

Bundan tashqari, Milliy markazning faol jamoatchilik kengashi a’zolari va xalqaro hamkorlari tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

 

Ma’lumot uchun:

 

“Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni 2020 yil 22 iyundagi Prezident Farmoni asosida, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz tashabbusi bilan ta’sis etilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика