1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Insoniy birodarlik — odamlarni yorliq emas, inson sifatida ko‘rishdir” — Saida Mirziyoyeva

Prezidenti Administratsiyasi rahbari Abu-Dabidagi forumda ayollar yetakchiligi, amalda ishlaydigan qonunlar va xalqchil sud tizimi zarurligi ta’kidlandi.

“Insoniy birodarlik — odamlarni yorliq emas, inson sifatida ko‘rishdir” — Saida Mirziyoyeva

 

 

3-fevral kuni BAA poytaxti Abu-Dabida Shayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik” mukofoti forumi bo‘lib o‘tdi. Unda mukofot hay’ati a’zosi, O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva nutq so‘zlab, insoniy birodarlikni mustahkamlashda ayollar yetakchiligining hal qiluvchi o‘rni borligini qayd etdi.

 

Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, insoniy birodarlik balandparvoz shior emas, balki amaliy tanlovdir. “Bu — odamlarni toifa yoki yorliq sifatida emas, inson sifatida ko‘rish va bir-biriga befarq bo‘lmaslik demakdir”, dedi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayollar yetakchiligi ko‘pincha rasmiy lavozimlardan oldin — oilada, maktabda, mahallada shakllanadi.

 

Forumda u oiladagi zo‘ravonlik masalasiga alohida to‘xtalib, zo‘ravonlik mavjud bo‘lgan jamiyatda birodarlik haqida gapirish mumkin emasligini aytdi. Shu bois inson qadr-qimmatini real himoya qiladigan, amalda ishlaydigan qonunlar va xalqchil sud tizimi zarurligi ta’kidlandi.

 

Saida Mirziyoyeva O‘zbekistondagi tajribaga ham to‘xtalib, ayollar hozirda parlament o‘rinlarining qariyb 40 foizini egallayotganini, biroq ijro hokimiyatida ham muvozanatni ta’minlash doimiy ustuvor vazifa bo‘lib qolishini bildirdi. Uning aytishicha, ayollar ishtirok etgan qarorlar ko‘proq inson manfaatlari va uzoq muddatli barqarorlikka yo‘naltiriladi.

 

Ma’lumot uchun, Shayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik” xalqaro mukofoti 2019-yilda ta’sis etilgan bo‘lib, har yili 4-fevral — Xalqaro inson birodarligi kuni munosabati bilan topshiriladi. Mukofot jamiyatda tinchlik, bag‘rikenglik va insonparvarlikni targ‘ib qilgan shaxs va tashkilotlarni taqdirlaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика