Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining maʼlum qilishicha, Marburg isitmasi virusi Afrikaning Ruanda davlatida allaqachon keng tarqalib ketgan. O‘lim darajasi 90 foiz bo‘lgan ushbu virusga qarshi, hozircha, vaksina yo‘q. Uning alomatlari sirasiga isitma, tomoq og‘rig‘i, toshma, diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, burun va ko‘zlardan qon ketishi kabilar kiradi.
Marburg isitmasi aql bovar qilmas tezlikda tarqalmoqda. Germaniya politsiyasi ikki yo‘lovchida Marburg virusi alomatlari kuzatilganligi sababli Gamburg markaziy vokzalini bir necha soatga yopdi. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, ulardan biri yaqinda Ruandadan uchib kelgan va katta ehtimollik bilan virusni o‘sha yerda yuqtirgan.


