1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Instagramdagi Nas Daily sahifasi muallifi, Isroillik mashhur bloger Nusair Yosin Orol muammosi haqida video suratga oldi

Isroillik mashhur bloger o‘zining Instagramdagi Nas Daily sahifasiga joylagan so‘nggi post Orolga bag‘ishlandi.

Instagramdagi Nas Daily sahifasi muallifi, Isroillik mashhur bloger Nusair Yosin Orol muammosi haqida video suratga oldi

Videoda xususan shunday deyiladi. 
“Atrofimga qarang, bu cho‘l o‘rtasidagi kemalar. Bu hech kim gapirmayotgan iqlim talofatidir va u millionlab odamlarga zarar yetkazmoqda. 
Men birinchi bor sizlarga Markaziy Osiyodagi bu talofatning tarixini aytib bermoqchiman.
Orol dengizini sizga ko‘rsatish uchun Markaziy Osiyodagi 2 ta davlat bilan o‘ralgan O‘zbekistonga keldim. 
Siz bu dengiz haqida bilmaysiz, ammo u dunyodagi eng katta to‘rtinchi ko‘l bo‘lgan. Juda ulkan bo‘lgan.
Ammo Sovet davrida kimdir Orol dengiziga quyiladigan daryolarni to‘htatib, uning suvini manufaktura va qishloq xo‘jaligida ishlatishga qaror qiladi.
Insoniyatning bu qarori orol fojeasiga olib keldi.
Orol dengizi o‘ziga kelib quyiladigan suvdan mahrum bo‘ldi va sekinlik bilan qurishni boshladi. Millionlab litr suv yo‘qoldi.
Bu yerda qachonlardir 7000 km kub suv bo‘lgan bo‘lsa, xozir 70 km kub suv bor. Oldin dengizda baliqlarning 35 turi yashagan. Hozir esa yo‘q. Nol! Baliq yo‘qolgach, atrofdagi jonivorlar ham yo‘qolgan. Atrofda yashagan kasbiy yo‘lbarsi, qushlar va otlar ichimlik suvi va ozuqasiz qoldi.
Millionlab mahalliy aholi baliqchilik va fermerlik faoliyatidan ayrildi.
Suv yo‘qolgach, uning tubida tuz qoldi va u shamol orqali ko‘tarilib, minglab kilometr masofada qum bo‘ronlariga sabab bo‘lmoqda. Orol tuzidan hattoki 500 km uzoqlikdagi fermer xo‘jaliklari ham zarar ko‘rmoqda. Tuz odamlarni kasal qilyapti. 
Suv, baliqlar, jonivorlar va odamlar. O‘zbekistondagi Orol dengizi sizdan uzoqda joylashgan, ammo qayerdadir va qandaydir qilib u siz bilan bog‘liq. Agar biz sayyoramizga g‘amxo‘rlik qilsak, u bizga g‘amxo‘rlik qiladi”
Eslatib o‘tamiz, Nusair Yosin iyun oyining oxirlarida O‘zbekistonga kelgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика