1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Internetda MIB nomidan soxta xabarnomalar yuborilmoqda

MIB fuqarolarni firibgarlikning yangi turidan ogohlantirdi.

Internetda MIB nomidan soxta xabarnomalar yuborilmoqda

Endi kiberjinoyatchilar fuqarolarning ism-sharifi va hattoki pasport raqamlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Telegram” tarmog‘i orqali MIB niqobi ostida qarzdorliklar mavjudligi va uni to‘lash lozimligi haqida xabarlar yubora boshlashdi. Bu haqida MIB axborot xizmati Zamon.uz'ga xabar bermoqda.

 

Taʼkidlanishicha, Majburiy ijro byurosi nomidan ijro hujjatlari va qarzdorliklar bo‘yicha xabarlar fuqarolarga mobil SMS ko‘rinishida hamda alohida “MIB” info nomerik yordamida beriladi.

 

“Telegram orqali MIB nomidan yuborilayotgan mobil ilovalar aslida firibgarlarning aldov yo‘li hisoblanadi. Chunki siz nomaʼlum dasturni bilib-bilmay yuklab olishingiz bilan firibgarlar plastik kartochka maʼlumotlarini (kodlari va boshqa) hamda pul mablag‘ini qo‘lga kiritishi mumkin”, deyiladi xabarda.

 

Shu o‘rinda firibgarlar fuqarolarning ism-familiyasi va telefon raqamlarini qayerdan olyapti, degan savol tug‘ilishi tabiiy.

 

MIB axborot xizmatiga ko‘ra, agar fuqarolar o‘ziga tegishli maʼlumotlar yoki idenfikatsion maʼlumotlarni turli onlayn platformalar orqali yuborgan bo‘lsa (yaʼni masofaviy kredit, onlayn savdo va hokazo tarmoqlar) ayrim shaxslar qo‘liga ushbu maʼlumotlar kelib tulshgan va ular kiberfiribgarlik yo‘li bilan ushbu fuqarolarga MIB nomidan bu kabi xabarlarni yuborishmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика