Interpol orqali qidiruvda boʻlgan Oʻzbekiston fuqarosi Birlashgan Arab Amirliklaridan mamlakatga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu fuqaro firibgarlik jinoyatini sodir etganligi sababli xalqaro qidiruvda bo'lgan. Uning ekstraditsiyasi Interpolning Toshkent va Abu-Dabi Milliy markaziy byurolari hamkorligida amalga oshirilgan.
Ekstraditsiya jarayoni ikki davlat vakolatli organlari oʻrtasida muvofiqlashtirilgan hamkorlik va Interpol kanallaridan foydalanish natijasida muvaffaqiyatli yakunlangan.
Hozirda ushbu shaxs qonun talablariga muvofiq jinoyiy javobgarlikka tortilishi va sud oldida hisob berishi uchun vakolatli organlarga topshirilgan.


