1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Interpol xalqaro qidiruvdagi uch shaxsni BAAdan O‘zbekistonga topshirdi

Jinoyatlarda ayblangan fuqarolar iqtisodiy va mulkiy jinoyatlar bo‘yicha qidiruvda edi.

Interpol xalqaro qidiruvdagi uch shaxsni BAAdan O‘zbekistonga topshirdi

 

Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi tomonidan turli toifadagi og‘ir jinoyatlarda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan shaxslarni ushlab turish va ularni mamlakatga qaytarish bo‘yicha navbatdagi amaliy tadbirlar amalga oshirildi.

 

Interpol kanallari orqali Birlashgan Arab Amirliklarida aniqlangan va qidiruvda bo‘lgan uch nafar fuqaro Toshkentga yetkazildi. Ushbu jarayon Interpolning Toshkent va Abu-Dabi Milliy markaziy byurolari o‘rtasidagi samarali hamkorlik, muntazam axborot almashinuvi va muvofiqlashtirilgan harakatlar natijasida amalga oshirildi.

 

Qayd etilishicha, ikki mamlakat markaziy byurolari o‘rtasida olib borilgan uchrashuvlar va muzokaralar transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurash, jinoyatchilarni izlash va ekstraditsiya jarayonlarini jadallashtirishga sezilarli turtki bergan. Amaldagi xalqaro shartnomalar asosida ekstraditsiya ishlari so‘nggi davrda ancha faollashgan.

 

Olib kelingan shaxslar O‘zbekiston hududida sodir etilgan iqtisodiy va mulkiy yo‘nalishdagi jinoyatlarda ayblanib, huquq-tartibot idoralari tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan edi. Ular qonunchilikka muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilishi belgilangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика