So‘nggi uch yil davomida Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimida general-mayor Shuhratjon Sobirov Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Muqaddam Andijon viloyati IIB boshlig‘i bo‘lib ishlagan Shuhratjon Sobirov ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosarligidan Toshkent IIBB rahbarligiga o‘tkazilgan Aziz Toshpo‘latov o‘rnini egallagandi.
O‘zbekiston prezidentining 2023 yil 22 fevraldagi qaroriga asosan polkovnik Shavkat Rahmonov Po‘lat Bobojonovning birinchi o‘rinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimida ish boshlagan, biroq Shuhratjon Sobirovning keyingi faoliyati haqida maʼlumot berilmagandi.
2021 yildan buyon Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosiga polkovnik G‘anijon Alimuhammedov rahbarlik qilib kelayotgandi.


