1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

“Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali nihoyasiga yetdi

O‘zbekiston Kinematografiya agentligida festival yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

“Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali nihoyasiga yetdi

 

Unda so‘zga chiqqanlar, xususan, O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduholiqov ham mamlakatimizda qayta tiklangan Toshkent xalqaro kinofestivali o‘zbek kinosini rivojlantirishda muhim omil bo‘lganini taʼkidladi.

Anjumanda ishtirokchi davlatlar vakillari ijod ahlining o‘zaro hamkorligiga imkon yaratish borasidagi amaliy g‘amxo‘rligi uchun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdilar.

 

Muhtaram Shavkat Miromonovich,

Avvalo, afsonaviy Toshkent Xalqaro kinofestivalining qayta tiklangani munosabati bilan Sizga samimiy minnatdorchiligimizni izhor etishga ijozat bergaysiz.

Toshkent shahri shu kunlarda jahon kino sanʼatining muhim madaniy markaziga aylandi.

Tarixda “Osiyo Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining Toshkent kinofestivali” nomini olgan sanʼat anjumanini jahon kinosi vakillari va muxlislari yoqimli xotiralar bilan eslashadi.

Toshkent kinofestivali o‘z tarixi davomida turli mamlakatlar kino ustalar o‘rtasida muloqot maydoniga aylandi, ko‘plab kino durdonalarni, kino yulduzlarini kashf etdi. Mazkur kinofestival sababli Toshkent turli xalqlar, davlatlar, madaniyatlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik timsoliga aylandi. Biroq, afsuski, 1997 yildan so‘ng bu ezgu anʼana to‘xtab qolgan edi.

Salkam chorak asrlik tanaffusdan so‘ng Sizning tashabbusingiz bilan qayta tiklangan “Ipak yo‘li durdonasi” O‘n uchinchi Toshkent xalqaro kinofestivali dunyoning ellikka yaqin mamlakatidan kelgan kinoijodkorlarni birlashtirdi.

Bir hafta davomida jahon kinosining so‘nggi yillarda yaratilgan sara namunalari O‘zbekiston ekranlarida namoyish etildi, dunyo kinematografiyasida kechayotgan o‘zgarishlar xususida fikr almashildi, mahorat darslari tashkil etildi. Festival pandemiya bois bir-birini uzoq vaqt ko‘rmagan, sog‘ingan insonlarga diydor baxsh etdi.

 

Muhtaram Shavkat Miromonovich,

Ijozatingiz bilan, XIII Toshkent Xalqaro kinofestivali ishtirokchilari nomidan yuksak eʼtibor va shart-sharoitlar uchun Sizga yana bir bor samimiy tashakkur bildiramiz, Sizga sihat-salomatlik, Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti va kelajagi yo‘lidagi saʼy-harakatlaringizda ulkan-muvaffaqiyatlar, shuningdek qayta tiklangan kinofestivalining umri uzoq bo‘lishini tilab qolamiz.

Kamoli ehtirom ila,

“Ipak yo‘li durdonasi” XIIIXalqaro Toshkent kinofestivali ishtirokchilari

 

Matbuot anjumanida so‘ngida O‘zbekiston Kinematografiya agentligi hamda Belarussiya va Qirg‘iziston davlatlari kino tuzilmalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

 

Yulduz Rustamova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика