Internetda yangi smartfonning taxminiy versiyalari paydo bo‘ldi. Unda bir nechta o‘zgarishlarni ko‘rish mumkin.
Xususan, kameralar ikkita bo‘lib, ular Samsung modellariga o‘xshatib tayyorlangan. Shuningdek, u iPhone 11 modellarida taqdim etilgan versiyalarni eslatadi.
Mutaxassislarning qayd etishicha, kameraning bunday joylashuvi Apple Vision Pro aralash reallik garniturasi uchun yuqori sifatli fazoviy videolarni yozib olish imkonini beradi. iPhone 16 ning Pro modellarida kamera bloki o‘zgarishsiz qoladi, lekin ekran o‘lchamlari biroz kattalashadi – iPhone 16 Pro‘da 6,3 dyuym va iPhone 16 Pro Maxʼda 6,9 dyuym.
Shuningdek, yangi iPhone 16 da iPhone 15 Pro modellarida bo‘lgani kabi chap tomonda «Action» tugmasi paydo bo‘ladi, o‘ng tomonda esa kamerani boshqarish uchun yangi «Capture» tugmasi o‘rnatiladi.
Eslatib o‘tamiz, Apple anʼanaviy tarzda iPhone 16 seriyasini 2024 yil sentyabrida taqdim etmoqchi.


