1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Hi-Tech

iPhone 17 seriyasining dizayni e’lon qilindi

iPhone 17 Air – Apple tarixidagi eng yupqa smartfon bo‘lishi mumkin.

iPhone 17 seriyasining dizayni e’lon qilindi

 

Insayder Majin Bu o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida iPhone 17 seriyasining barcha modellariga tegishli maket rasmlarini e’lon qildi. Ushbu maketlar SAPR (CAD) chizmalari asosida tayyorlangan bo‘lib, ular aksessuarlar ishlab chiqaruvchilari uchun himoya qopqoqlari, ekran plyonkalari va boshqa mahsulotlarni yaratishda foydalaniladi.

 

iPhone 17 liniyasi quyidagi modellarni o‘z ichiga oladi:

  • iPhone 17
  • iPhone 17 Air
  • iPhone 17 Pro
  • iPhone 17 Pro Max

 

Mish-mishlarga ko‘ra, iPhone 17 Air Apple tarixidagi eng yupqa smartfon bo‘lishi mumkin. Uning qalinligi atigi 5,5 mm, uzunligi 163 mm, kengligi esa 77,6 mm bo‘ladi. Bu o‘lchamlar iPhone 17 Pro Max modeli bilan deyarli bir xil bo‘lib, 6,9 dyuymli ekranga ega bo‘lishi kutilmoqda.

 

Apple bir necha yillardan beri dizayn jihatidan unchalik katta o‘zgarishlar kiritmagan edi. Biroq yangi iPhone 17 seriyasi sezilarli yangilanishlarga ega bo‘lishi kutilmoqda. Smartfonlar modelga qarab Apple A19 va A19 Pro protsessorlari bilan jihozlanadi.

 

Rasmiy taqdimot 2025 yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика