Shartnomani imzolagan davlatlar qatorida Polsha, Vyetnam, Indoneziya, Chili kabi yirik ko‘mir isteʼmolchilari ham bor. Shu bilan birga, konferensiya veb-saytidagi maʼlumotlarga ko‘ra, eng yirik ko‘mir isteʼmolchilari - Xitoy, AQSH, Hindiston va Avstraliya - bu paktda hali ishtirok etmayapti.
Bitim karbonat angidridni ushlash texnologiyalaridan foydalanmaydigan ko‘mirda ishlaydigan elektr stansiyalariga taalluqi. Sammit mezboni bo‘lgan Buyuk Britaniya tadbirga tayyorgarlik jarayonida ko‘mirdan foydalanishni qisqartirish masalasini asosiy masala etib belgilagan. Ko‘mirni yoqish dunyodagi issiqxona gazlarining eng muhim manbai hisoblanadi.


