1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Irlandiyada Ukraina prezidentining samolyoti dronlar orqali kuzatildi

Zelenskiy bunday provokatsiyalar ortida Rossiya turganini ta’kidlab, G‘arb davlatlarini choralar ko‘rishga chaqirdi.

Irlandiyada Ukraina prezidentining samolyoti dronlar orqali kuzatildi

 

Irlandiya rasmiylari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning samolyoti yaqinida noma’lum dronlar kuzatilganini tasdiqladi. Hodisa Zelenskiyning Irlandiyaga tashrifi chog‘ida sodir bo‘lgan. Bu haqda Ukraina prezidenti maslahatchisi Dmitriy Litvin ma’lum qildi deydi dw.com nashri.

 

Litvinning so‘zlariga ko‘ra, dronlar haqiqatdan ham mavjud bo‘lgan, ammo tashrif xavfsizligini buzmagan va yo'nalishni o‘zgartirishga majbur qilmagan. Samolyot Dublin aeroportiga belgilangan vaqtda yetib kelgan.

 

Irlandiyaning The Journal va The Irish Times nashrlariga ko‘ra, samolyotga to‘rtta beshta noma’lum dron yaqinlashgan. Ular Dublin chekkasidagi Xaut shahri atrofida uchgan va qisqa vaqt Irlandiya harbiy-dengiz kuchlari kemasi ustida suzib yurgan. Harbiy va politsiya xizmatlari havo hujumiga qarshi choralar ko‘rmagan.

 

Irlandiya politsiyasi va Adliya hamda Mudofaa vazirliklari hodisani surishtirishga jalb etilgan. Dronlarning kelib chiqishi va uchirilgan manbasi aniqlanmoqda. Guvohlarning ma’lumotlariga ko‘ra, ular harbiy toifadagi dronlar bo‘lgan.

 

Zelenskiy tashrifi davomida Irlandiya yetakchilari va parlament a’zolari bilan uchrashuvlar muammosiz o‘tgan.

 

Ukraina prezidenti avvalroq Yevropaning bir qancha davlatlarida, jumladan, Daniya, Shvetsiya, Germaniya, Belgiya, Polsha va Ruminiya aeroportlari yaqinida noma’lum dronlar paydo bo‘lgani haqida xabar bergan. Zelenskiy bunday provokatsiyalar ortida Rossiya turganini ta’kidlab, G‘arb davlatlarini Rossiya kemalariga qarshi choralarni kuchaytirishga chaqirgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика