1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Iroq bosh vaziri AQSH qo‘shinlarining mamlakatda qolishini yoqlab chiqdi

Iroq hududida 2 ming Amerika va bir necha yuz NATO kuchlari qolmoqda.

Iroq bosh vaziri AQSH qo‘shinlarining mamlakatda qolishini yoqlab chiqdi

 

Iroq bosh vaziri Muhammad as-Sudani Amerika qo‘shinlarining mamlakat hududida cheklanmagan muddatga qolishi tarafdori ekanini aytdi. Bu haqda u The Wall Street Journal gazetasiga bergan intervyusida maʼlum qildi.

 

“Bizga xorijiy kuchlar kerak deb o‘ylaymiz. AQSH va NATO kuchlari Iroq askarlarini ISHIDga qarshi kurashga tayyorlaydi.ISHIDni yo‘q qilish uchun maʼlum vaqt kerak deb o‘ylaymiz”, — degan bosh vazir.

 

Hozirda Iroq hududida 2 ming AQSH harbiylari bor. Ular mahalliy kuchlarni tayyorlash va konsultativ xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, NATOning ham bir necha yuz askari mamlakatda qolmoqda.

 

Muhammad as-Sudani, shuningdek, ham Eron bilan, ham Amerika bilan yaxshi munosabatlarda bo‘lishni istashini aytgan.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика