Yong‘in sodir bo‘lgan Hamdaniyadagi to‘yxona egasi Iroq Kurdistoni xavfsizlik kuchlari tomonidan hibsga olindi.
Yoqib yuborilgan binoning egasi Samir Sulaymon Karume Ravo Asoni hibsga olishga order Iroq Federal Ichki ishlar vazirligi tomonidan chiqarilgan. Orderni olgandan keyin tadbirkor qo‘lga olinib, Iroq federal hukumati ichki ishlar vazirligiga topshirildi.
Tergov ma'lumotlariga ko'ra, yong'inga aloqador bo'lgan yana 13 kishi qo'lga olingan. Ular orasida 10 nafar ishchi va 3 nafar marosim ishtirokchisi bo‘lgan.
Iroq ichki ishlar vaziri Abdel Amir ash-Shammariyning soʻzlariga koʻra, tergov natijalari 72 soat ichida eʼlon qilinadi va beparvolik uchun aybdorlarni javobgarlikka tortish bo'yicha bosh vazirga taqdim etiladi.


