1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Iroqqa yangi prezident saylandi

Ovoz berishda 329 deputatdan 269 nafari ishtirok etgan.

Iroqqa yangi prezident saylandi

 

Iroq  parlamenti Abdul Latif Rashidni mamlakatning yangi prezidenti etib sayladi. Bu haqda “AlJazeera” nashri yozmoqda. 

 

Qayd etishicha, ovoz berish majlisida 329 deputatdan 269 nafari ishtirok etgan.

 

Parlament yig‘ilishi boshlanishi arafasida  mamlakatda raketa hujumlari sodir etilgan, unda bir necha tinch aholi vakillari va xavfsizlik kuchlari a’zolari yaralangan.

 

Iroq bu yil 7 fevraldan 30 martgacha yangi davlat rahbarini saylash uchun uchta muvaffaqiyatsiz urinishlarni amalga oshirgan.

 

Shia yetakchisi Muqtada as-Sadr o‘tgan yili parlamentdagi ovoz berishda g‘olib bo‘lgan, ammo hukumat tuzish uchun yetarlicha qo‘llab-quvvatlanmaganidan so‘ng mamlakat bir necha oylik siyosiy boshi berk ko‘chaga kirib qolgandi.

 

As-Sadr avgust oyida siyosatni tark etishini e’lon qilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика