1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ish haqi va nafaqa pullarining 3,7 milliard so‘mi talon-tаroj qilingan

Bu haqida Bosh prokuratura maʼlum qildi.

Ish haqi va nafaqa pullarining 3,7 milliard so‘mi talon-tаroj qilingan

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov Bosh prokurorning mamlakatimiz aholisiga yo‘llagan murojaatida qayd etilgan masalalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berdi:

 

O‘tkazilgan o‘rganishlarga ko‘ra, 3087 ta yangi ish o‘rni hisobotlarga qo‘shib yozilgani aniqlanib, aybdor shaxslar tegishli javobgarlikka tortildi.

 

Ish haqi va nafaqa pullarining 3,7 milliard so‘mi talon-tаroj qilingan. Mazkur holat bo‘yicha 34 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Shuningdek, xorijiy investorlar faoliyatida yuzaga kelgan 1644 ta muammo ijobiy hal etildi.

 

Prokuratura organlarining aralashuvi bilan qarzdorliklarning 6,4 trln. so‘mi amalda undirildi, 5,7 trillion so‘mlik kreditlar bo‘yicha garovdagi mulklarning sotuvga chiqarilishi taʼminlandi. Bundan tashqari, 1,2 trillion so‘mlik ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qarzdorlarning ish haqiga qaratildi.

 

O‘tkazilgan nazorat tadbirlarida kredit mablag‘larining 1,5 trillion so‘mi talon-toroj qilinganligi aniqlanib, bank va mijoz korxonalar rahbarlariga nisbatan 540 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика