1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

"Ishdagi ishq" yulduzi davlatga xiyonatda ayblanmoqda

Aktrisa davlat mukofotlari va faxriy unvonlaridan mahrum qilinishi mumkin.

"Ishdagi ishq" yulduzi davlatga xiyonatda ayblanmoqda

 

Rossiya xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi federal loyihasi rahbari Vitaliy Borodin bosh prokuraturaga Liya Axedjakova ustidan arz qildi.

 

U aktrisani xorijiy agent deb tan olishni talab qilgan.

 

Borodinning so‘zlariga ko‘ra, "Ishdagi ishq" yulduzi Rossiyada yashab turib, Ukraina OAVga intervyu berib, ukrainaparast qiyofasida gavdalangan.

 

U Liya Axedjakovaga nisbatan 3 ta, jumladan davlatga xiyonat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘ash kerakligini aytmoqda. Shuningdek, u aktrisani davlat mukofotlari va faxriy unvonlaridan mahrum qilishni so‘ragan.

 

Fevral oyida Liya Axedjakova "Sovremennik" teatridagi ishidan ayrilgan edi. 84 yoshli aktrisa Rossiyadan ketish istagi yo‘qligini bildirgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика