1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

ISHID Iroq armiyasiga hujum uyushtirdi

Hujumni qaytarish maqsadida aviatsiya qo‘llanilgan.

ISHID Iroq armiyasiga hujum uyushtirdi

 

ISHID jangarilari Iroqda armiya bazasiga hujum uyushtirdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

 

Hujum Bag‘dod shimolidagi Ar-Rashidiya atrofidagi  Iroq armiyasi 11-diviziyasi bazasiga uyushtirilgan. Oqibatda ikki harbiy halok bo‘lgan.

 

Vaziyatni o‘nglash maqsadida armiya aviatsiyasining harbiy samolyotlari ishga solingan. Shuningdek, bazaga hujum qilishdan avval terrorchilar  Diyala viloyati Al-Mikdadiya shahri atrofida 14 nafar tinch aholi vakillarini o‘ldirib, 15 nafarini o‘g‘irlab ketgan. Iroq prezidenti Barxam Solih o‘zining Twitter sahifasida bu kabi hodisalarni “mamlakatdagi vaziyatni qabih ravishda beqarorlashtirish” deb baholagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Iroq xavfsizlikni kuchaytirishi  hamda ISHID dan bo‘ladigan tahdidlarga qarshi hushyor turishi kerak. “Terrorchilar tez orada jazolanadi”, – degan prezident.

 

Ma'lumot o'rnida: ISHID 2014 yilda Iroqning uchdan bir qismini egallab olishga muvaffaq bo‘lgan. 2015 yildan boshlab Xalqaro koalitsiya yordamida mamlakatni terrorchilardan tozalash operatsiyasi boshlangan. 2017 yilda Iroq hukumati ISHID to‘la mag‘lub bo‘lganini eʼlon qildi.

 

Bundan avval Iroqda ISHID bosh moliyachisi qo‘lga olingani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика