1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Ishlaydigan onalarga tanaffus beriladi

Ularga bolasini ovqatlantirishi uchun 1 soat vaqt ajratiladi.

Ishlaydigan onalarga tanaffus beriladi

 

2 yoshga to‘lmagan bolali ayollarga bolani ovqatlantirish uchun (o‘ziga berilgan dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan tanaffusdan tashqari) kamida har 3 soatda bir marta har biri 30 minutdan kam bo‘lmagan tanaffus beriladi.

 

2 yoshga to‘lmagan ikki va undan ko‘p bolali ayollarga tanaffusning muddati kamida 1 soat qilib belgilanadi.

 

Mazkur tanaffuslar uchun ish haqi kamaytirilmaydi.

 

Bolali ayolning xohishiga ko‘ra, tanaffuslar dam olish va ovqatlanish uchun belgilangan tanaffusga qo‘shib berilishi yoki umumlashtirilib, ish kunining boshiga yoki oxiriga ko‘chirilib, ish kuni shunga yarasha qisqartirilishi mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mehnat faoliyatida ham ayollar huquqi qatʼiyan himoya ostida ekanligi haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика