Tuxelning "Bavariya"dan erta ketishi uning obro'sini yerga urgandek bo'ldi. Murabbiylarning jamoadan ketishi odatiy hol biroq, bu elita murabbiylariga unchalik taalluqli emas. Tomas nemis klubining muvaffaqiyatsizligida asosiy aybdor deb talqin qilindi. Birinchi navbatda, ommaviy axborot vositalarida u tajribali o'yinchilar bilan bahslashayotgani haqida mish-mishlar paydo bo'ldi. Shu kabi xabarlardan keyin, "Bavariya" rahbariyati uning ketishini e'lon qildi. Tomas haqiqatan ham chempionatda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ammo yaxshi uslubga moslashib olgan "Bayer" bilan raqobat qilish qiyin edi. Bunday ertaklar bir necha o'n yilda bir marta sodir bo'ladi. Murabbiy bu borada shunchaki omadsizlikka uchradi. Ammo u Chempionlar Ligasini ajoyib o'tkazdi va jamoani yarim finalga qadar olib chiqdi. U yerda esa turnirning bo'lajak g'olibi "Real" bilan raqobatlashdi. O'tgan mavsum oxirida “Bavariya” vaziyatni qaytadan boshlashga va murabbiyni saqlab qolishga harakat qildi. Tomonlar hatto muzokaralar ham olib borishdi, ammo natija bo'lmadi. Tuxel klubni tark etdi. Angliyada ko'pchilik Tomas Erik ten Xag o'rniga asosiy nomzodlardan biri ekanligini taxmin qilishdi. Bu haqda yozda turli mish-mishlar paydo bo'ldi. Keyinchalik nemis murabbiyi Monakoda "Manchester Yunayted" xo'jayini bilan uchrashib, kelgusi ishlarni muhokama qilgan. Sentabr-oktabr oylarida mish-mishlarning yangi to'lqini paydo bo'ldi. Aftidan, "Manchester Yunayted" nihoyat amaldagi murabbiy bilan xayrlashishga qaror qilgani va endi uning o'rniga boshqa murabbiy qidirayotgani ma'lum qilindi. Taxminlarga ko'ra, nemis murabbiyi klubning taklifini qabul qilsa, ba'zi shartlarga rozi bo'ladi. Ammo hozircha bu borada aniq suhbatlar tashkil qilinmagan. Qizig'i shundaki, Tuxelning nomzodi allaqachon ommaviy axborot vositalarida faol qo'llab-quvvatlanmoqda. Masalan, "Manchester Yunayted"ning sobiq darvozaboni Peter Shmeyxel nemis murabbiyi klub uchun deyarli ideal nomzod ekanini aytgan. Yana bir qancha faxriylar ham xuddi shu fikrni bildirishgan. Bu orada Angliya terma jamoasiga tez orada yangi murabbiy tayinlanishi haqida xabarlar tarqaldi. Li Karsli bosh murabbiy bo'lishga tayyor emasligini, shuning uchun o'rnini bosuvchi boshqa nomzodni kutayotganini aytgan. Tomas esa bunda ham asosiy nomzodlardan biri bo'lib ko'rinmoqda. "Welt" portalining yozishicha, tomonlar allaqachon dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan va ayrim insayderlarning qo‘shimcha qilishicha, Tomas bu ishga qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, federatsiya va Tuxel vakillarining aloqalari rasmiy tasdiqlanmagan. Agar Tuxel "Manchester Yunayted" yoki Angliya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlansa, bu tuzilmalarning har biri uchun omadli bo'ladi. "PSJ" va "Chelsi"dagi faoliyati davomida Tomas bir tomondan tizimli, ikkinchi tomondan esa tezda natija keltira oladigan murrabiy ekanligini ko'rsatgan.