1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Islomoboddan Londonga uchayotgan samolyot yo‘lovchi ayolning o‘limi tufayli Toshkentga favqulodda qo‘ndi

British Airways‘ning Islomoboddan Londonga uchayotgan Boeing 777-200ER samolyoti 22-sentabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Bu haqda Telegram‘dagi «Novosti Tashkentskogo neba» kanali xabar berdi.

Islomoboddan Londonga uchayotgan samolyot yo‘lovchi ayolning o‘limi tufayli Toshkentga favqulodda qo‘ndi

 

Xabarga ko‘ra, Buyuk Britaniyaning Islomobod—London yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan VA-260 reysi ekipaji parvoz vaqtida Toshkentdagi zaxira aeroportga qo‘nish haqida qaror qabul qilishga majbur bo‘lgan.

 

AviaSpotter‘ning soat 08:30 da eʼlon qilgan maʼlumotiga ko‘ra, ushbu reysdagi 83 yoshli yo‘lovchi ayol o‘zini yomon his qilgan. Samolyot Toshkentga yetib kelganida ayol vafot etgan. Barcha yo‘lovchilar samolyotdan tushirilib, Toshkent aeroporti hududiga joylashtirilgan.

 

“RIA Novosti”ning yozishicha, bu xabarni Toshkent aeroporti xodimi tasdiqlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayolning o‘limiga dastlabki sabab — yurak xuruji bo‘lgan. Ammo marhumaning qaysi davlat fuqarosi ekanligi maʼlum qilinmagan.

 

 Bundan avvalroq, Boeing-C-17 harbiy transport samolyotida inson tanasi qoldiqlari aniqlangandi.

 

 

     Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика